
Mashhur meksikalik boks afsonasi Saul "Kanelo" Alvares ukrainalik Aleksandr Usikning navbatdagi jangda g‘alaba qozonishiga to‘liq ishonch bildirib, katta mablag‘ tikishga qaror qildi.
Uning aytishicha, 19 iyul kuni Londondagi tarixiy "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadigan Usik — Dyubua revansh jangida ukrainalik chempionning zafar quchishi uchun u yarim million dollar, ya’ni 500 000 dollar pul tikib, katta tavakkalchilikka qo‘l urgan.
«So‘nggi besh yil ichida Usik jahonning eng kuchli raqiblarini mag‘lub etdi. U — jismonan baquvvat, texnik jihatdan pishiq va ringda aqlini ishlata oladigan zo‘r sportchi. Men unga to‘liq ishonaman. Shu bois bu pulni tikishdan hech qo‘rqmadim. Aleksandr, kim ekanligingni unutma!» — deya fikr bildirdi Kanelo o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jang mutlaq jahon chempionligi kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Usik uchun bu nafaqat chempionlikni saqlab qolish, balki yana bir bor o‘z salohiyatini namoyish qilish imkoniyatidir. Kanelo kabi tajribali bokschi ham Usikka ishonsa, demak, bu jang boks olamidagi eng kutilgan to‘qnashuvlardan biriga aylanishi shubhasiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar