
Futbol olamida navbatdagi mojaroli vaziyat yuzaga keldi. "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike va yarim himoyachi Joau Nevesh intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda fransuzning L'Équipe nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida yuzaga kelgan to‘qnashuvdan so‘ng FIFA ularning xatti-harakatini qayta ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, o‘yin tugagach, "Chelsi" hujumchisi Joao Pedro bilan tortishuvga kirishgan Enrike unga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan – u Pedroni bo‘g‘zidan ushlab, yo‘qlab yuborgan.
Shuningdek, yosh portugaliyalik Nevesh maydonda emotsiyalarga berilgan holda raqib futbolchisi Kukurelyaning sochidan ushlab, qizil kartochka olgan. FIFA bu holatni jiddiy qabul qilmoqda va unga nisbatan jarima yoki diskvalifikatsiya ko‘rilishi mumkin.
Odatda, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida berilgan jazolar boshqa musobaqalarga ta’sir qilmaydi. Biroq bu safar FIFA qoidalarni qayta ko‘rib chiqishi va misli ko‘rilmagan qaror qabul qilish ehtimoli bor.
Hozirda mazkur vaziyat atroflicha o‘rganilmoqda va yakuniy qaror yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda. Mushtlashuv bilan yakunlangan final uchrashuvi muxlislar va mutaxassislar orasida ham katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar