
Madridning mashhur "Real" klubida ayni paytda ichki ziddiyatlar yuzaga kela boshladi. Sport.es nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, jamoa prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Xabi Alonso o‘rtasida ilk jiddiy kelishmovchiliklar kuzatilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardan birida klubning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ishtirokini muhokama qilishgan va aynan shu yerda murakkab vaziyat yuzaga kelgan. Peres klubning PSJga qarshi yarim finaldagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatidan qattiq norozi ekanligini bildirgan.
Shu bilan birga, murabbiy Xabi Alonso klubni jiddiy kuchaytirish kerakligini ta’kidlagan va ayniqsa, markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida jiddiy yetishmovchilik borligini aytgan. U rahbariyatdan ushbu pozitsiya uchun real xaridlarni amalga oshirishni so‘ragan.
Biroq transfer siyosatida ham prezident va murabbiyning qarashlari mos kelmagan. Peres "Manchester Siti" yulduzi Rodri darajasidagi futbolchini olib kelishda qat’iy turib olgan, biroq bunday miqyosdagi transfer ayni vaqtda amalga oshishi ancha mushkul. Shu boisdan, Alonso ancha real variantlarni — “Shtutgart” futbolchisi Angelo Shtiller, “Inter”dan Nikolo Barella va “AZ Alkmar” yarim himoyachisi Kes Smit nomzodini ilgari surgan.
Afsuski, ushbu nomzodlar ham Peres tomonidan ma’lum sabablarga ko‘ra ma’qullanmagan. Bu esa klubdagi seleksiya siyosati bo‘yicha tafovutlar borligini yanada ochiqroq namoyon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso boshqaruvidagi “Real” joriy yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yarim finalgacha yetdi, ammo PSJ bilan bo‘lgan bellashuvda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Turnir reglamentiga ko‘ra, uchinchi o‘rin uchun o‘yin o‘tkazilmagan.
Muxlislar orasida bu vaziyat katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, jamoa kelajagi va Xabi Alonsoning klubda uzoq qolishi borasida turli taxminlar paydo bo‘ldi. Prezident va murabbiy o‘rtasidagi kelishuvlar qanday yakun topishi, shubhasiz, jamoaning kelgusi mavsumdagi muvaffaqiyatiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar