O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi, deb xabar berdi Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
27 iyul kuni Samarqand viloyatidan bo‘lgan yosh yengil atletika ustasi Sharifa Davronova ushbu nufuzli musobaqada yuksak natija qayd etib, O‘zbekiston uchun yana bir oltin medalni ta’minladi. U uch xatlab sakrash dasturida barcha ishtirokchilar orasida eng yuqori natija – 14,33 metr ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Bu natija nafaqat Sharifaning shaxsiy yutug‘i, balki mamlakat sportchilari uchun ham muhim g‘alaba bo‘ldi. Universiadada umumiy hisobda O‘zbekiston delegatsiyasi 4 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan ishtirokini yakunladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston sportchilari xalqaro arenalarda o‘z salohiyati va tayyorgarligini yana bir bor namoyon qildi. Sharifa Davronova singari iqtidorli yoshlar kelgusida Olimpiada kabi yirik musobaqalarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlariga umid katta.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!