date

Lazizbek Mullojonov dopingda gumon qilinmoqda

Lazizbek Mullojonov dopingda gumon qilinmoqda

Xalqaro Test Agentligi (ITA) o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonovning doping qoidasini buzgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

2025-yil 11-iyun kuni musobaqadan tashqari o‘tkazilgan nazorat chog‘ida sportchidan olingan namunada “methasterone” moddasi – anabolik-androgenik steroid aniqlangan.

Ushbu modda Butunjahon Antidoping Agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. U C1.1 bo‘limida qayd etilgan bo‘lib, har qanday holatda – musobaqa davomida yoki undan tashqarida – ishlatilishi man etilgan.

“Methasterone” mushak massasini tezda oshirish, kuch va chidamlilikni kuchaytirish xususiyatiga ega sintetik modda sanaladi. Bu sportda adolat prinsiplarini buzganligi sababli qat’iyan taqiqlangan.

Mullojonovga bu holat bo‘yicha rasmiy xabar yetkazilgan va unga “B” namunani qayta tahlil qilishni so‘rash huquqi berilgan. Agar u bundan voz kechsa, bu holat dopingi qoidabuzarlik sifatida tasdiqlanadi. “B” namunasi ham musbat bo‘lsa, rasmiy jazo chorasi qo‘llaniladi.

Shuningdek, sportchiga bu natija yuzasidan izoh berish imkoniyati ham taqdim etilgan. Hozirda tekshiruv ishlari davom etmoqda va yakuniy qaror shu asosda qabul qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lazizbek Mullojonov dopingda gumon qilinmoqda