date

Superliga. "Paxtakor"ni Abdixoliqovning goli mag‘lubiyatdan saqlab qoldi

Superliga. "Paxtakor"ni Abdixoliqovning goli mag‘lubiyatdan saqlab qoldi
Superliganing 18-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Paxtakor" bellashuvi yakuniga yetdi. "Dinamo" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda jamoalar durangga imzo chekdi - 1:1.

Dastlab, 19-daqiqada Jonatanning qo‘pol xatosidan unumli foydalangan Fraydey mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bellashuv asosiy vaqti yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida esa Bobir Abdixoliqov raqib darvozasini ishg‘ol etdi va kuchlarni tenglashtirdi.

"Dinamo" – "Paxtakor" 1:1
Gollar: 1:0 – 19, Richard Fraydey (Jahongir Abdusalomov), 1:1 – 85, Bobir Abdixoliqov (Hojimat Erkinov)

"Dinamo": 13.Ravshan Yagudin, 6.Jahongir O‘rozov, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov, 10.Anvar Hojimirzayev (23.Behruzbek Oblaqulov, 67), 16.Richard Fraydey (25.Oybek O‘rmonjonov, 67), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 21.Jahongir Abdusalomov (88.Marko Stanoyevich, 90+2), 55.Dmitriy Pletnyov (9.Mirjahon Mirahmadov, 90+2), 99.Ulug‘bek Hoshimov (37.Firdavs Abdurahmonov, 51).
Zaxira: 27.Edem Nemanov, 11.Xislat Xalilov, 14.Bahodir Nasimov, 22.Ulug‘bek Abdullayev.

"Paxtakor": 19.Jonatan Luis, 4.Zaid Tahsin, 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Aziz Turg‘unboyev, 11.Igor Sergeyev (18.Bobir Abdixoliqov, 81), 21.Bashar Resan (8.Diyor Xolmatov, 72), 23.Abdurauf Bo‘riyev, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (9.Ibrohim Ibragimov, 61), 50.Flamarion (15.Hojimat Erkinov, 72), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 94.Brayan Riaskos (17.Dostonbek Hamdamov, 81).
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 2.Behruz Asqarov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 77.Dilshod Saitov.

Ogohlantirishlar: Jahongir O‘rozov (5), Hojiakbar Alijonov (9), Aziz Turg‘unboyev (41), Abdurauf Bo‘riyev (90+1), Hojimat Erkinov (90+10)
Chetlatish: Firdavs Abdurahmonov (90)

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor"ni Abdixoliqovning goli mag‘lubiyatdan saqlab qoldi