date

Angliya afsonasi Jo Koul Premer-Liga favoritini aytdi

Angliya afsonasi Jo Koul Premer-Liga favoritini aytdi

Angliya futbolida o‘z nomini yozib qoldirgan, “Chelsi” va milliy terma jamoa saflarida to‘p surgan Jo Koul yangi mavsum oldidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. Uning ta’kidlashicha, Angliya Premer-Ligasi bu yil yanada qizg‘in va murosasiz kechishi kutilmoqda, ammo baribir favorit sifatida “Liverpul” ko‘rilmoqda.

Koulning fikricha, Arne Slot shogirdlari o‘tgan mavsumda qanday ishonch bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yangi mavsumda ham kuchli va tayyor holda maydonga tushadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, raqiblar uchun eng katta imkoniyat faqat “Liverpul” tarkibidagi ko‘plab yangilanishlar tufayli mavsum boshini sekin boshlasa, shu orqali ularni ortda qoldirish bo‘lishi mumkin. Biroq mavsum oxiriga kelib mersisaydliklar albatta to‘liq kuch bilan harakat qiladi, dedi u.

Shu bilan birga, Jo Koul “Arsenal” haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uningcha, Mikel Arteta bu mavsumda g‘oliblik uchun jiddiy imkoniyatga ega. Chunki klub markaziy hujumchi sotib oldi, bu esa jamoaning hujum chizig‘ini yanada kuchaytirishi mumkin. Biroq Koul aytishicha, hali ham savol belgilar yo‘q emas: agar “Arsenal” Italiya va Turkiyada o‘zini ko‘rsatgan Viktor Osimxenni qo‘lga kiritganida, vaziyat tamoman boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

U, shuningdek, yana bir hujumchi — Gyokeresh haqida ham fikr bildirdi. Koulning so‘zlariga ko‘ra, u maydonda o‘zini ko‘rsatishi, gollar urishi mumkin, ammo bu jarayon vaqt talab qiladi.

Jo Koul so‘zlarini xulosa qila turib, “hozirgi holatda eng kuchli jamoa bu — Liverpul” deb ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Liverpul” mamlakat chempioni bo‘lgan, “Arsenal” esa ikkinchi o‘rin bilan cheklangandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya afsonasi Jo Koul Premer-Liga favoritini aytdi