Italiya A Seriyasining yangi mavsumi yana bir yorqin voqeaga boy bo‘ldi. «Napoli» klubining yangi yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne debyut uchrashuvidayoq o‘z nomini tabloga yozdirdi va muxlislarga unutilmas onlar hadya etdi.
«Sassuolo»ga qarshi 1-turdan o‘rin olgan bahsda (2:0) belgiyalik maestro standart vaziyatdan uzatma amalga oshirish paytida to‘p yo‘nalishini o‘zgartirib, kutilmaganda darvoza to‘rini ishg‘ol qildi. Bu gol nafaqat o‘yin taqdirini belgiladi, balki De Bryuynening yangi klubidagi dastlabki muvaffaqiyatlaridan biri sifatida tarixga kirdi.
Opta statistikasiga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi XXI asrda «Napoli» safida debyut uchrashuvida gol urgan eng keksa futbolchiga aylandi. Bu natija uni klub tarixida alohida iz qoldirganlar qatoriga qo‘shdi.
Eslatib o‘tamiz, Kevin De Bryuyne yozgi transferlar davrida «Manchester Siti» safidagi 10 yillik faoliyatiga nuqta qo‘yib, erkin agent sifatida «Napoli»ga yo‘l olgandi. Endi esa u Italiyada ham o‘z mahorati va tajribasi bilan muxlislarni hayratga solishga tayyorligini ko‘rsatdi.
Futbol ishqibozlari fikricha, De Bryuyne «Napoli» o‘yiniga katta tajriba, intellektual hujumlar va yangi rang bag‘ishlay oladi. Milanliklar uning kelgusi o‘yinlardagi ishtirokini katta qiziqish bilan kutmoqda.
De Bryuyne «Napoli»da debyutini gol bilan nishonladi va tarixga kirdi...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar