date

Nega boylar orasida golf “hobbilar podshohi” sanaladi?

Nega boylar orasida golf “hobbilar podshohi” sanaladi?

Golf ko‘pchilik uchun shunchaki sport turi emas, balki o‘ziga xos maqom va nufuz ramzi. Bu o‘yin ko‘pincha “hobbilar qiroli” deb ataladi, chunki maydonda ortiqcha shovqin yo‘q, bahs esa juda uzoq vaqt davom etadi. Bu esa ishtirokchilar uchun istalgan mavzuda bafurja muloqot qilish imkoniyatini beradi.

A’zolik haqi

Dunyodagi eng nufuzli golf klublaridan biri — AQSHdagi Augusta National a’zolik badali yiliga o‘rtacha $20 000–40 000 atrofida. Dubayda joylashgan Emirates Golf Club esa bir yilda taxminan $15 000 sarf talab qiladi.

Jihozlar

Bir dona yuqori sifatli golf tayoqchalari to‘plami (14 dona) $1 500–5 000 oralig‘ida baholanadi. Agar maxsus sport kiyimlari va poyabzal ham qo‘shilsa, oddiygina boshlash uchun kamida $2 000 sarf kerak bo‘ladi.

O‘yin xarajati

Bir marta maydonga kirish haqi (green fee) o‘rtacha $100–500 ni tashkil etadi. Premium darajadagi klublarda esa narx yanada baland.

Maydoni va infratuzilmasi

Birgina golf maydoni o‘rtacha 60–80 gektar yer talab qiladi. Uni yil davomida saqlash va parvarishlash uchun millionlab dollar mablag‘ sarflanadi. Shu sababli golf asosan iqtisodiy jihatdan qudratli davlatlarda rivoj topgan.

Maqom va biznes muhiti

Golf — oddiy sport emas, balki yirik kelishuvlar va biznes muloqotlar uchun maydon. Ko‘plab katta shartnomalar aynan golf o‘yini chog‘ida kelishib olinadi. Shuning uchun ham bu sport asosan tadbirkorlar, investorlar va yuqori lavozim egalari orasida mashhur.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nega boylar orasida golf “hobbilar podshohi” sanaladi?