date

CAFA. O‘zbekistonning Qirg‘izistonga qarshi tarkibi e’lon qilindi

CAFA. O‘zbekistonning Qirg‘izistonga qarshi tarkibi e’lon qilindi

Bugun “CAFA Nations Cup-2025” musobaqasining 3-tur doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi muhim to‘qnashuvga chiqadi. Bellashuv poytaxtdagi “Olimpiya” stadionida bo‘lib, 19:30 da start oladi. Ushbu uchrashuv Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Bosh murabbiy Temur Kapadze musobaqaning hal qiluvchi bahsi uchun asosiy tarkibni e’lon qildi. Unga ko‘ra, “oq bo‘rilar” safida darvozani O‘tkir Yusupov qo‘riqlaydi. Himoya chizig‘ida Hojiakbar Alijonov, Muhammadqodir Hamraliyev va Alibek Davronov, Sherzod Nasrullayev va Husniddin Aliqulov maydonga tushadi. Yarimhimoyada Akmal Mozgovoy, Odil Hamrobekov, Hojimat Erkinov va Abbos Fayzullayev harakat qiladi. Hujum chizig‘ida esa Eldor Shomurodovga ishonch bildirilgan.

Zaxirada esa Abduvohid Ne’matov, Otabek Shukurov, Jamshid Iskanderov, Aziz G‘aniyev, Oston O‘runov, Umar Eshmurodov, Aziz Turg‘unboyev, Igor Sergeev, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Dilshod Komilov, Ruslan Jiyanov va Vladimir Nazarovlar bor.

Ma’lumot uchun, shu kunga qadar O‘zbekiston milliy jamoasi Qirg‘iziston bilan bo‘lgan barcha uchrashuvlarda ustun kelgan. Bu esa bugungi bahs oldidan muxlislarda yanada katta ishonch uyg‘otmoqda.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning 1-turida “oq bo‘rilar” O‘mon bilan durang qayd etgan bo‘lsa, 2-turda Turkmanistonni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi. Qirg‘izistonga qarshi o‘yin esa jamoamiz uchun guruhdagi taqdirni hal qiluvchi bellashuv sifatida katta ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » CAFA. O‘zbekistonning Qirg‘izistonga qarshi tarkibi e’lon qilindi