date

Gattuzo Italiya o‘yinchilariga tanaffusda shapaloq berdi va jamoani uyg‘otdi

Gattuzo Italiya o‘yinchilariga tanaffusda shapaloq berdi va jamoani uyg‘otdi

Italiya milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Estoniyaga qarshi JCH–2026 saralash bosqichi 5-turida debyut bahsini o‘tkazdi. Rimliklar ushbu bellashuvda 5:0 hisobida yirik g‘alaba qozondi. Biroq g‘alabaning ortidagi sababi haqida futbolchilarning o‘zi qiziqarli holatni ochiqqa chiqardi.

Himoyachi Alessandro Bastonining aytishicha, Gattuzo tanaffusda o‘yinchilarga «bir-ikkita qattiq shapaloq bergan». Bu harakat jamoaga kuchli ta’sir ko‘rsatgan va ikkinchi bo‘limda Italiyaliklar raqib darvozasiga 5 ta gol yo‘llashga erishgan.

Gollar: Ken (58), Retegi (69, 89), Raspadori (71), Bastoni (90+2).

Bu holatni hujumchi Jakomo Raspadori ham tasdiqladi. U Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida shunday dedi: «Bastoni majoziy ma’noda aytgan, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, u rostdan ham bizga tarsaki tushirdi. Men ham shulardan ulush oldim».

Shu bilan birga, Raspadori Gattuzoning bu qat’iyatli harakati futbolchilarga yangi ruhiy kuch bag‘ishlaganini ta’kidlab: «Shu kunlarda u bizga qat’iyat va matonat berdi. Biz iqtidorli futbolchilarmiz, faqat maydonda o‘zimizni ko‘rsatishimiz va buni isbotlashimiz kerak», – dedi.

Eslatib o‘tamiz, Estoniyaga qarshi uchrashuv Gattuzoning Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk bahsi bo‘ldi va u debyutni yirik g‘alaba bilan boshladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gattuzo Italiya o‘yinchilariga tanaffusda shapaloq berdi va jamoani uyg‘otdi