date

Infantino Eronga JCH-2026da ishtirok etish kafolatini berdi

Infantino Eronga JCH-2026da ishtirok etish kafolatini berdi

CAFA Nations Cup-2025 finalida O‘zbekiston – Eron (1:0) bahsi yakunlanganidan so‘ng, FIFA rahbari Janni Infantino eronlik futbolchilarning kiyinish xonasiga kirib, ularga samimiy so‘zlar bilan murojaat qildi.

“Bugun Eron milliy jamoasi maydonda juda ham a’lo darajadagi o‘yin ko‘rsatdi. Sizlar bu bilan faxrlanishingizga to‘la arziydi.

Men sizlarga hozirning o‘zida ishonch bilan ayta olaman – Eron milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi! Demak, AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga xush kelibsizlar!”, — deya ta’kidladi FIFA prezidenti.

U yana futbolchilarga murojaat qilib, shunday dedi: "Sizlar jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, o‘z mamlakatingiz va oilalaringizni faxrlantirdingiz. Siz 80 million eronlikni xursand qildingiz. Eronlik futbolchilardan biri 1998 yilgi Jahon chempionatida menga o‘zining futbolkasini sovg‘a qilgan edi, bu menda hozirgacha bor va men uchun qadrli.

Men Qatardagi Jahon chempionatini eslayman, o‘shanda Eron va Uels o‘ynagan, bu aql bovar qilmaydigan va ajoyib o‘yin edi. Bu futbol tuyg‘usi va butun stadion o‘rnidan turib qarsak chaldi. Biz dunyoni birlashtirishimiz kerak. Siz juda yaxshi o‘ynadingiz va siz kuchli jamoasiz. Futbolda g‘alabalar va mag‘lubiyatlar bor va siz haqiqatdan ham kuchlisiz va o‘zingiz bilan faxrlanishingiz kerak".

Infantinoning ushbu fikrlari Eron terma jamoasi a’zolari tomonidan qo‘l chapaklar bilan kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Eron o‘rtasidagi siyosiy tortishuvlar tufayli AQSH prezidenti Donald Tramp forslar jahon chempionatida qatnashish uchun Amerikaga kelishiga qarshi chiqqani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Infantino Eronga JCH-2026da ishtirok etish kafolatini berdi