Yurtimiz yoshlar jamoasi Falastinga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘ta muhim bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda yetakchilikni saqlab qoldi. Ushbu natija orqali jamoa 7 ochko to‘plab, to‘plar farqini +5 darajasiga olib chiqdi.
U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi
O‘zbekiston – Falastin 2:1
Gollar: Behruz Asqarov (Nodir Abdurazzoqov) 25’, Rustam Turdimurodov (Nodir Abdurazzoqov) 85’ – Muhammad Sanduqa 70’
O‘zbekiston: 21.Edem Nemanov, 3.Zafarmurod Abdiraxmatov (2.Izzatillo Po‘latov, 89), 6.Jahongir O‘rozov, 8.Behruz Asqarov, 10.Umarali Rahmonaliyev (14.Oybek O‘rmonjonov, 77), 13.Asilbek Jumayev (16.Samandar Mavlonqulov, 68), 15.Diyor Ortiqboyev, 17.Nodir Abdurazzoqov, 20.Mahmudjon Mahamadjonov (18.Saidafzalxon Axrorov, 77), 22.Otabek Ahadov, 23.Rustam Turdimurodov (19.Muhammadali Reimov, 89).
Zaxira: 1.Otabek Boymurodov, 12.Samandar Muratbayev, 5.Dilshod Abdullayev, 7.Aziz Xolmurodov, 9.Sherzod Esanov, 11.Sardor Bahromov.
Ayni paytda biz bilan bir xil — 7 ochko to‘plagan Qirg‘iziston terma jamoasi bor. Biroq ularning to‘plar nisbati +1 bo‘lib turibdi. Shu boisdan, “yosh chodirchilar” bizning natijalarimizdan yuqorilay olmaydi.
Mezbon jamoa bugun soat 19:00 da Shri-Lankaga qarshi maydonga tushadi. Ammo bu uchrashuvning natijasi o‘zbekistonlik yigitlarning yo‘llanmasiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Chunki reglamentga ko‘ra, final bosqichiga guruh g‘oliblari bilan birga eng yaxshi 4 ta ikkinchi o‘rin egalari ham chiqadi.
Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib aytish mumkinki, boshqa guruhlardagi ikkinchi pog‘ona egalari reytingda O‘zbekistondan o‘tib keta olmaydi. Shu tariqa, yigitlarimiz Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan Osiyo Kubogi final bosqichiga o‘z yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot sifatida aytish joizki, musobaqaning final bosqichi 2026-yil 7-yanvardan 25-yanvargacha Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Shu orqali, yosh terma jamoamiz yana bir bor o‘zining irodasi va kuch-qudratini namoyish qildi. Endi esa hammamizning diqqatimiz — Saudiyadagi katta turnirga!
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!