“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsumning ilk haftalaridayoq tarkib tanlashda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishi aniq bo‘lib turibdi.
Hozirda “shaharliklar”ning bir qator asosiy o‘yinchilari milliy terma jamoalar safida bo‘lsa, yana bir nechalari jarohat olib, tiklanish jarayonida. Ular orasida o‘zbek futbolchisi Abduqodir Husanov ham bor. Shu bilan birga jamoa 14-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan derbi — “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Shu orada Gvardiolaga yana bir xunuk xabar yetib keldi. Jurnalist Ismoil Mahmud tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Misr milliy jamoasi safida to‘p surib kelayotgan hujumchi Umar Marmush 2026 yilgi jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Burkina-Fasoga qarshi bellashuvda tizzasidan og‘ir shikast olgan. Uning jarohati bahsning boshlang‘ich daqiqalaridayoq yuz bergan va natijada o‘yin golsiz durang bilan yakunlangan.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli forvard 2021-yildan buyon Misr terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u xalqaro miqyosda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Gvardiolaning tarkib tanlashdagi muammolari tobora ortib borayotgani, ayniqsa, oldindagi “Manchester derbisi” oldidan jamoa uchun jiddiy sinov bo‘lib qolishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!