Abdumalik Xalokov yarim finalda qonli jang orqali finalga chiqdi

1 daqiqa o'qish7.8K
Abdumalik Xalokov yarim finalda qonli jang orqali finalga chiqdi

Angliyaning Liverpul shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida yarim final bellashuvlari qizg‘in pallaga kirdi. Milliy termamiz nomidan 60 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan mahoratli yigitimiz Abdumalik Xalokov final yo‘llanmasi uchun yaponiyalik raqibi Shunsuke Kitamotoga qarshi tish-tirnoq bilan kurash olib bordi.

Jangning dastlabki raundiyoq yurtimiz vakilining ustunligi bilan boshlandi. Har bir hakam Xalokovning kuchli zarbalarini va ustun harakatini baholab, birinchi bo‘limda unga g‘alaba ochkolarini berdi. Shu holatda yapon bokschisi qancha harakat qilmasin, Abdumalikning tajribasi va texnikasi oldida zaif ko‘rinardi.

Ammo ikkinchi raund o‘rtalarida voqealar kutilmagan yo‘nalish oldi — Xalokovning peshonasi yorildi. Qon oqishi ortib borgani uchun ringga shifokor chaqirildi va u xavfni inobatga olib, jangni to‘xtatishga qaror qildi. Shunga qaramay, ikki raund yakunlari asosida hakamlar yakdil qaror chiqarishdi: natija 5:0 hisobida yurtimiz vakili foydasiga qayd etildi (20:18, 20:18, 20:18, 20:18, 20:18).

Abdumalik Xalokov yarim finalda qonli jang orqali finalga chiqdi

Shu tariqa, og‘ir va keskin kechgan bellashuvda Xalokov mardonavor harakat qilib, o‘z nomini final yo‘llanmasiga yozdirdi. Endi u mamlakatimiz uchun hal qiluvchi jangda oltin medal uchun bahs olib boradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?