"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi derbi oldidan jurnalistlar bilan suhbatda o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi.
Taniqli murabbiyning ta’kidlashicha, uning rejalari va qolishi yoki ketishi to‘liq natijalarga bog‘liq.
"Men ko‘p bor aytganman - kelajakni oldindan aniq ayta olmayman. Buni faqat natijalar belgilaydi. Mendan kutilgani - jamoa bilan muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazish. Agar bir kun kelib klub o‘zgarish vaqti keldi deb hisoblasa, o‘shanda bir soniya ham qolmayman," - dedi Gvardiola.
Ispaniyalik murabbiyning ta’kidlashicha, u "Siti"ga ilk bor qadam qo‘yganida faqat uch yillik shartnoma imzolagan. "O‘shanda klubda o‘n yil qolaman, deb hech o‘ylamagandim. Ammo bugun orqaga nazar tashlasam, bundan faxrlanaman. Hali jamoa va klubga ko‘p yordam bera olishimni his qilyapman," - deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumki, Xosep Gvardiola 2016 yilning yozidan buyon "shaharliklar"ni boshqarib kelmoqda va bu davrda jamoa bilan katta yutuqlarga erishgan. Endi derbi oldidan uning kelajak haqidagi bayonotlari muxlislarda yanada qiziqish uyg‘otdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!