date

JCH-2025 finalida O‘zbekiston va Qozog‘istonda hal qiluvchi to‘qnashuv

JCH-2025 finalida O‘zbekiston va Qozog‘istonda hal qiluvchi to‘qnashuv

Liverpul shahrida o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati-2025 musobaqasining so‘nggi kuni boks olamida eng katta qiziqish uyg‘otgan kun sifatida tarixga kirmoqda. Chunki aynan bu kun O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari uchun umumjamoaviy medallar raqobatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Navbahor Hamidova ishtirok etgan finalda hakamlar qaroridan so‘ng qo‘shni davlat bokschisiga oltin medal nasib etdi va shu tariqa Qozog‘iston delegatsiyasi o‘zining to‘rtinchi chempionligini nishonladi. Bu voqea jamoaviy hisobdagi raqobatni yanada qizitdi.
Keyingi finalda 70 kg vazn toifasida qo‘shni davlatning yana bir vakili Sobirxon To‘raxon yaponiyalik raqibini ortda qoldirib, chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Shu bilan Qozog‘iston terma jamoasi beshinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasidagi bellashuvda esa 70 kg vaznda Natalya Bogdanova avstraliyalik raqibini mag‘lub etib, mamlakatga oltin medallar sonini oltitaga yetkazdi.
Shu tarzda, jamoaviy hisobda Qozog‘iston 6 ta oltin bilan O‘zbekistondan oldinga o‘tdi. Biroq milliy terma jamoamizda ham peshqadamlik uchun imkoniyat hali yo‘qolmagan.
To‘lqin Qilichev bosh murabbiyligidagi jamoamiz oldida yana ikki muhim final kutmoqda. -85 kg vaznda Akmaljon Isroilov Angliya vakili Teagn Stott bilan ringga ko‘tariladi. Shu bilan birga, +90 kg vaznda Jahongir Zokirov Qozog‘iston chempioni Oybek Oralbayga qarshi hal qiluvchi jangda ishtirok etadi.
Aynan ushbu bahs umumjamoaviy hisobda qaysi davlat birinchi o‘rinni egallaydiganini belgilab berishi mumkin. Milliy jamoamiz vakillari o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad – kuchli raqiblarni yengib, chempionatni yuqori pog‘onada yakunlash vazifasini qat’iyat bilan bajarishga bel bog‘lashgan.
Boks jamoaviy hisobida g‘alabani qo‘lga kiritish uchun eng muhim daqiqalar shu finallarda hal bo‘lishi aniq. Muxlislar esa yurtdoshlarimizdan yana yangi zafarlar kutishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2025 finalida O‘zbekiston va Qozog‘istonda hal qiluvchi to‘qnashuv