date

"Andijon" qo‘shib berilgan daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

"Andijon" qo‘shib berilgan daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan «Andijon» – «So‘g‘diyona» bahsi tom ma’noda dramatik tarzda yakunlandi. «Bobur Arena»da kechgan to‘qnashuvda maydon egalari qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan omon qolishdi.

Uchrashuvning ikkinchi qismi qizg‘in vaziyatlarga boy bo‘ldi. Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz saqlandi. 65-daqiqada Usmonali Ismonaliyev tomoshabinlarni xushnud etib, hisobni ochdi. Biroq jizzaxliklar taslim bo‘lishmadi — 76-daqiqada Samandarjon Mavlonqulov hisobni tenglashtirdi.

O‘yin oxiriga borib «So‘g‘diyona» g‘alaba uchun yaxshi imkoniyat qo‘lga kiritdi. 88-daqiqada Lyupcho Doriyev aniq zarbasi bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Ammo andijonliklar xarakter ko‘rsatishdi. Uchrashuvning 90+6-daqiqasida Muhammadali Usmonov jamoasi uchun muhim gol urib, natijani 2:2 ko‘rinishiga olib keldi.

Bu durang «Andijon» uchun katta ahamiyat kasb etdi. Chunki Maksim Shatskix shogirdlari bir necha tur davom etgan mag‘lubiyatli seriyaga chek qo‘yishdi. Hozirda ularning ochkolari soni 22 taga yetdi va jamoa 11-o‘ringa ko‘tarildi. «So‘g‘diyona» esa 25 ochko bilan turnir jadvalida 9-pog‘onada qoldi.

Superliga. 22-tur

21 sentyabr, «Bobur Arena»

Andijon — So‘g‘diyona 2:2

Gollar: Usmonali Ismonaliyev (65), Muhammadali Usmonov (90+6) — Samandar Mavlonqulov (76), Lyupcho Doriyev (88).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Andijon" qo‘shib berilgan daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi