
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ayni paytda Angliyada safarda bo‘lib turibdi. Yaqingina CAFA Nations Cup musobaqasida terma jamoamizni chempionlikka olib chiqqan mutaxassis Premer-liga muhitini o‘rganish va yuqori darajadagi futbol jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida London hamda Manchesterda bo‘lib turibdi.

Kapadze Angliyadagi tashriflar doirasida bir qator APL bahslarini stadiondan kuzatdi. Xususan, u “Manchester Siti”ning so‘nggi uchrashuvlarida shaxsan ishtirok etib, Gvardiola shogirdlarining o‘yin uslubi va taktik yondashuvlarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bugun esa 44 yoshli murabbiy “Manchester Siti” qarorgohida bo‘lib, jamoaning mashg‘ulot jarayonlarini kuzatdi. U yerda nafaqat klubning mashg‘ulot uslubi bilan tanishdi, balki “shaharliklar” futbolchilari bilan ham yaqindan muloqot qildi. Bunday tajriba Kapadze uchun albatta katta ahamiyatga ega, chunki Yevropa futbolidagi yetakchi klublardan biri bilan bevosita tajriba almashish imkoniyati har doim ham nasib etmaydi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, Kapadzening milliy terma jamoa boshqaruvidagi keyingi faoliyati hali ham noaniqligicha qolmoqda. O‘FAning yaqinda olib borgan muzokaralari va yangi variantlar esa futbol muxlislari orasida turli taxminlarga sabab bo‘lmoqda.

Timur Kapadzening Angliya safari, ayniqsa “Manchester Siti” mashg‘ulotlarida ishtirok etishi, uning kelgusi murabbiylik yo‘nalishi va milliy jamoadagi istiqbollari borasida yanada katta qiziqish uyg‘otdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar