date

Usmon Dembele o‘zini ilhomlantirgan uch nafar futbolchini oshkor qildi

Usmon Dembele o‘zini ilhomlantirgan uch nafar futbolchini oshkor qildi

Futbol olamida o‘z iste’dodi va maydondagi chaqqon harakatlari bilan millionlab muxlislarni o‘ziga rom qilgan PSJ hujumchisi hamda yaqinda «Oltin to‘p-2025» sohibi deb topilgan Usmon Dembele o‘zi uchun namuna bo‘lib xizmat qilgan futbolchilar haqida to‘xtaldi.

«Men «Barselona» safida o‘ynagan vaqtlarimda Lionel Messi bilan birga maydonga tushganman. U ko‘pincha "aldamchi to‘qqizlik" sifatida harakat qilardi. Uning har bir qadami, raqiblarni charm to‘p bilan aldash mahorati haqiqatan ham hayratlanarli edi. Uning paslarini qabul qilish men uchun qiyin emasdi, chunki Serxio Buskets Messini juda yaxshi his qilar va unga aniq uzatmalar berishda mahoratli edi. Shu sababli u bilan birga o‘ynash katta maktab bo‘lgan», — dedi Dembele "France Football" nashriga bergan intervyusida.

Fransiyalik hujumchi shuningdek, hozirgi zamon futbolining ikki yulduzi — angliyalik Xarri Keyn va fransuz hamyurti Kilian Mbappeni diqqat bilan kuzatishini ta’kidladi. «Ular maydondagi harakatlari, gol urish qobiliyati va o‘yindagi samaradorligi bilan men e’tibor beradigan futbolchilardan hisoblanadi. Ulardan o‘rganadigan juda ko‘p jihatlar bor», — deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Usmon Dembele va Lionel Messi 2017–2021-yillar oralig‘ida «Barselona» klubida bir safda to‘p tepgan. Bu davr Dembele uchun nafaqat professional o‘sish, balki jahon futbolida eng buyuklar qatorida turishga undagan ilhom manbai bo‘lgani ayni haqiqat.

Shu bilan birga, Dembelening so‘zlari uning hali ham futbolida yangi marralarni ko‘zlayotganini va o‘ziga namuna bo‘lgan yulduzlardan tajriba olishga intilganini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usmon Dembele o‘zini ilhomlantirgan uch nafar futbolchini oshkor qildi