Braziliya terma jamoasi va “Santos” klubi hujumchisi Neymar atrofida yana shov-shuvli xabar tarqaldi. Jurnalist Rodolfo Gomes futbolchini spirtli ichimliklar bilan bog‘liq muammolarda aybladi.
Gomesning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Neymar viski ichgan, chilim chekkan, shuningdek, mashg‘ulot rejimiga rioya qilmagan va kun davomida ko‘p uxlagan.
Forvard esa bu xabarni javobsiz qoldirmadi. Otasi ma’lum qilishicha, Neymar mazkur da’volarni mutlaqo yolg‘on deb baholagan va jurnalistni tuhmat uchun sudga berish niyatida.
Hujumchining otasi ta’kidlashicha, futbolchi o‘z obro‘sini himoya qilish uchun qonuniy choralar ko‘rishdan to‘xtamaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar