date

Inter Slaviya ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

Inter Slaviya ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

Chempionlar Ligasi doirasida Milanda o‘tgan uchrashuvda "Inter" o‘z maydonida Chexiyaning "Slaviya" klubini qabul qildi. Hisobni 30-daqiqada Lautaro Martines ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Denzel Dyumfris ikkinchi golni urdi. Ikkinchi bo‘limda esa Martines (65’) yana gol urib, dubli bilan jamoasiga yirik g‘alaba taqdim etdi.

Statistikada ham "Inter"ning ustunligi yaqqol ko‘rindi: ular 21 marta zarba berib, 6 tasini darvozaga aniq yo‘lladi. To‘p nazorati 58% ularda bo‘ldi. "Slaviya" esa atigi 3 marta zarba bera oldi va raqib darvozasiga jiddiy tahdid sola olmadi.

Bu natija "Inter"ning guruhdagi pozitsiyasini mustahkamladi va keyingi bosqichga chiqish imkonini kengaytirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Inter Slaviya ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi