date

Superliga. «Paxtakor» va «Dinamo» klublari g‘alaba qozonishdi

Superliga. «Paxtakor» va «Dinamo» klublari g‘alaba qozonishdi

O‘zbekiston Superligasida 24-tur bahslari davom etmoqda.
Buxoroda mezbon «Buxoro» klubi «Paxtakor»ga yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Toshkentliklar safida gollarga Resan, Flamarion va Sergeev (dubl) mualliflik qildi.
Superliga. 24-tur. 4 oktyabr
Buxoro — Paxtakor 0:4
Gollar: Resan 28, Flamarion 38, Sergeev 80, 84 (dubl).
Buxoro: 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po‘latov, 5.Sardor Qulmatov (s), 6.Ravshan Hayrullayev (25.Frane Chiryak, 62), 10.Azizbek Amonov, 17.Javohir Ro‘ziyev ( 8.Anvarjon Jo‘rayev,46), 22.Toma Tabatadze, 27.Muhammad Yo‘ldoshev (97.Shaxboz Jo‘rabekov,62) 33.Yosip Tomashevich, 88.Dominik Begich (19.Bilol Tupliyev, 90+2), 95.Nodirbek Ahmadjonov.
Paxtakor: 12.Vladimir Nazarov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Xojiakbar Alijonov, 9.Ibrohim Ibragimov, 10.Azizbek Turg‘unboyev (15.Hojimat Erkinov, 86), 11.Igor Sergeev (18.Bobir Abdixoliqov,86), 21.Bashar Resan ( 17.Dostonbek Hamdamov,70) 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (s), 50.Flamarion ( 4.Zaid Taxsin, 75), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
Ogohlantirishlar: Sardor Qulmatov (43), Izzatillo Po‘latov (57), Toma Tabatadze (57), Umar Adhamzoda (57), Doston Hamdamov (76).
Mazkur natija orqali «sherlar» 46 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Buxoroliklar esa 21 ochko bilan 15-pog‘onani band etgan.
Samarqandning «Dinamo» klubi esa Termizda «Surxon»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mehmonlar safida gollarga Firdavs Abdurahmonov va Jahongir Abdusalomov mualliflik qildi.
Superliga. 24-tur. 4 oktyabr
Surxon — Dinamo 0:2
Gollar: Abdurahmonov 7, Abdusalomov 29.
Surxon: 16.Dilshod Yo‘ldoshev, 2.Behruz Karimov, 5.Jamoldin Xodjaniyazov, 6.Behzod Shamsiyev, 7.Doston Tursunov (19.Muhammad-Ali Abdurahmonov, 65), 10.Rustam Turdimurodov, 18.Nodir Abdixoliqov (15.Diyor Ramazonov, 65), 24.Sherzod Komilov (9.Muhsin Bozorov, 72), 27.Asilbek Jumayev, 66.Behro‘z Shaydulov (22.Javohir Jo‘rayev, 56), 99.Sunnatilla Poyonov (14.Sarvar Abduhamidov, 72).
Dinamo: 27.Edem Nemanov, 6.Jahongir O‘rozov, 7.Ratino, 10.Anvar Hojimirzayev (8.Sanjar Qodirqulov, 83), 16.Richard Fraydey (25.Oybek O‘rmonjonov, 46), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 21.Jahongir Abdusalomov (22.Ulug‘bek Abdullayev, 83), 37.Firdavs Abdurahmonov (23.Behruzbek Oblaqulov, 73), 55.Dmitriy Pletnyov (88.Marko Stanoyevich, 83), 77.Mahmud Mahamadjonov.
Ogohlantirishlar: Jahongir Abdusalomov (16), Mahmud Mahamadjonov (18), Behzod Shamsiyev (68), Firdavs Abdurahmonov (70), Sarvar Abduhamidov (78), Edem Nemanov (85).
Ushbu natijadan so‘ng «Dinamo» 44 ochko bilan 4-o‘rinni band etgan. Termizliklar esa 25 ochko to‘plagan holda 12-pog‘onadan joy olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. «Paxtakor» va «Dinamo» klublari g‘alaba qozonishdi