Angliya Premer-ligasining 7-turida “Manchester Siti” safarda “Brentford”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarkibda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi.
“Juda mazmunli o‘yin bo‘ldi. Ayniqsa, birinchi bo‘limni sifali o‘tkazdik — tashabbus o‘z qo‘limizda bo‘ldi, bir qator vaziyatlar yaratdik. Raqib darvozaboni bir necha bor katta mahorat ko‘rsatib, gollarimizni qaytardi. Umuman olganda, bu oyda qadam-baqadam o‘sishga erishdik. ‘Manchester Yunayted’ga qarshi bahsdan keyin ko‘p jihatlarda o‘sganimizni ko‘ryapman. Endi futbolchilar terma jamoalardan sog‘-salomat qaytishi muhim,” — dedi Pep.
Bu g‘alabadan so‘ng “shaharliklar” ochkolarini 13 taga yetkazib, turnir jadvalida 5-pog‘onaga ko‘tarilishdi. Keyinki turda “Etixad”da “Everton” mehmon bo‘ladi. Gvardiolaning ta’kidlashicha, jamoa yanada kuchliroq bosim, yuqori temp va barqarorlikni saqlab qolish uchun tanaffusdan keyin ham qattiq mehnat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!