FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Fabio Kannavaroni samimiy tabrikladi. U Instagram sahifasida maxsus tabrik joylab, mashhur mutaxassisni 2026 yilgi jahon chempionati sahnasiga qaytishi bilan qutladi.
Infantino o‘z murojaatida shunday yozdi: “Qadrli Fabio Kannavaro, 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz! 2006-yili Italiya bilan sardor sifatida kubokni ko‘targaningizdan so‘ng, yigirma yil o‘tib bu safar yangi maqomda — O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida mundialda qatnashasiz”.

Eslatib o‘tamiz, Kannavaro futbolchi sifatida 2006-yilda dunyo chempioniga aylanib, “Oltin to‘p” sohibiga ham aylangan edi. Endi esa u jamoamizni tarixiy debyut — JCH-2026 musobaqalariga tayyorlash missiyasini o‘z zimmasiga oldi.
O‘zbekiston milliy termasi bu yil ilk bor mundialga yo‘llanma oldi. Infantinoning qutlovi shu zafarning ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi — global futbol maydonida yurtimiz nomi yanada qat’iyroq yangramoqda.
Kannavaro uchun yangi bosqich, bizning uchun esa katta umidlar davri boshlandi. Muxlislar oldindagi o‘rtoqlik uchrashuvlari va tayyorgarlik jarayonida murabbiyning g‘oyalari qanday ish berishini katta qiziqish bilan kutmoqda. Terma jamoamizga omad!
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar