Britaniyalik mashhur avtojurnalist Jo Seyvudning yozishicha, O‘zbekiston hukumati mamlakat hududida Formula-1 musobaqasining bir bosqichini o‘tkazishni ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston vakili yaqinda Singapur Gran-prisi paytida poygachilar bazasida uchrashuv o‘tkazgan va aynan shu yerda Toshkent yoki boshqa shaharda musobaqani tashkil etish imkoniyati muhokama qilingan.
Hozirgi paytda Formula-1 bosqichlari Osiyo va Yaqin Sharqdagi sakkizta mamlakatda — Bahrayn, Xitoy, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon, Singapur, Qatar va BAAda o‘tkaziladi. Agar O‘zbekiston ushbu ro‘yxatga qo‘shilsa, bu mamlakatning xalqaro avtosportdagi nufuzini oshirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar