date

Jahon chempioni Aytjan Halmaxanovga uy, mashina va pul mukofoti topshirildi

Jahon chempioni Aytjan Halmaxanovga uy, mashina va pul mukofoti topshirildi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Aytjan Halmaxanov yurt sha’nini munosib himoya qilgani uchun yuksak tarzda taqdirlandi. U 24 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonga ushbu sport turida jahon chempionligini olib kelgan sportchidir.

Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Halmaxanovga BYD rusumidagi avtomobil, 15 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti va Nurobod shahridan uch xonali zamonaviy uy topshirilgan.

Sportchining bu yutug‘i nafaqat shaxsiy yutuq, balki butun mamlakat sporti tarixida muhim voqea sifatida baholanmoqda. U yosh avlodga o‘rnak bo‘la oladigan jasorat va fidoyilik namunasini ko‘rsatdi.

Mazkur sovg‘alar sport sohasini rivojlantirish, chempionlarni rag‘batlantirish hamda ularning sa’y-harakatlarini qadrlash yo‘lida ko‘rilayotgan amaliy ishlarning yorqin ifodasidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempioni Aytjan Halmaxanovga uy, mashina va pul mukofoti topshirildi