FIFA prezidenti Janni Infantino Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning so‘nggi yutuqlariga munosabat bildirdi, deb xabar berdi Euro-football.ru.
Seshanba kuni 40 yoshli futbolchi Vengriyaga qarshi o‘yinda ikki marta gol urdi va uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Endi Ronaldu jahon chempionati saralash bosqichida 41 ta gol bilan tarixdagi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.
Infantino ijtimoiy tarmoqda: “Bravo, Krishtianu! 41 ta gol! Jahon chempionati saralash bosqichidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lganing bilan tabriklayman. Bu buyuk futbolchining yana bir tarixiy natijasidir,” — deb yozdi.
Umumiy hisobda, Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 225 o‘yinda 143 gol urgan. U terma jamoadagi ilk o‘yinini 2003-yil avgust oyida o‘tkazgan. Bu natijalar futbolchining yillik mehnati va mahoratini yaqqol aks ettiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!