Kilian Mbappening yagona goli “Real Madrid”ga La Liganing navbatdagi turida “Xetafe”ga qarshi safar uchrashuvida muhim g‘alaba (1:0) keltirdi.
Uchrashuvda mezbonlar tarkibidagi futbolchi maydondan chetlatilgandan so‘ng, 80-daqiqada fransuz hujumchisi jamoasi uchun hal qiluvchi golni kiritdi. Bu gol Mbappening joriy mavsumdagi o‘ninchi to‘purarlik zarbasi bo‘ldi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe La Liganing dastlabki to‘qqizta o‘yinidan so‘ng ikki xonali gollar soniga yeta olgan ilk “Real” o‘yinchisi bo‘ldi. Bunday natijaga oxirgi marta Krishtianu Ronaldu 2014/15 yilgi mavsumda erishgan edi. O‘shanda portugaliyalik yulduz dastlabki to‘qqizta uchrashuvda 17 gol urgan, mavsum yakunida esa 48 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
Hozirda “qaymoqranglilar” 24 ochko bilan La Ligada peshqadamlik qilib turibdi. “Barselona” 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda esa futbol muxlislarini dunyodagi eng kutilgan uchrashuv — “el-klasiko” kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!