date

Alonso “El Klasiko” oldidan “Barsa”ning zaif nuqtasini topdi...mi?

Alonso “El Klasiko” oldidan “Barsa”ning zaif nuqtasini topdi...mi?

“Real Madrid” bosh murabbiyi Xabi Alonso “El Klasiko” oldidan raqib jamoa — “Barselona”ning taktik kamchiliklarini chuqur tahlil qilmoqda, deb xabar berdi Defensa Central.

Manbalarga ko‘ra, Alonso kataloniyaliklar safidagi yosh va iste’dodli futbolchi Lamin Yamalning himoyadagi faolligi yetarli emasligini “Barselona”ning asosiy zaif nuqtasi sifatida ko‘rmoqda.

Murabbiy jamoa yig‘ilishida shunday degani aytilmoqda:

«Biz hujumni aynan o‘sha qanotdan boshlashimiz kerak. Yamal hujumda xavfli, ammo u ortga qaytmaydi. Shu yerdan raqibga jiddiy zarar yetkazishimiz mumkin», — degan Alonso.

Alonsoga ko‘ra, Vinisius Junior va Alvaro Karreras Yamalning himoyaga qaytmasligidan foydalanib, “Barselona”ning o‘ng qanotini bosim ostida qoldirishi mumkin. Shu bilan birga, markaziy hujumchi Kilian Mbappe ham chap qanotga siljib, Jul Kundening pozitsiyasiga bosimni yanada kuchaytirishi rejalashtirilgan.

Taktik rejaga ko‘ra, “Real Madrid” hujumlarda qanot orqali raqib himoyasini yoyish va tezkor uzatmalar orqali bo‘sh zonalardan foydalanishni ko‘zlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum “Barselona” “Real” ustidan ustun kelib, to‘rt marta g‘alaba qozongan va umumiy hisobda 16:7 natija qayd etgan edi. Xansi Flik boshchiligida katalon klubi Ispaniya Kubogi, Superkubok va La Ligada cho‘qqiga chiqqan.

Bu safargi “El Klasiko” nafaqat an’anaviy raqobat, balki taktik to‘qnashuv jihatidan ham qiziq bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, “Manchester Yunayted”dan ijara asosida kelgan Markus Reshford uchun ham bu ilk “El Klasiko” bo‘ladi. 26 yoshli angliyalik hujumchi joriy mavsumda “Barselona” safida 11 o‘yinda 3 ta gol va 5 ta assist bilan o‘z hissasini qo‘shgan.

Shunday qilib, “El Klasiko” oldidan ikki jamoa ham o‘ziga xos tayyorgarlik ko‘rmoqda — “Barselona” yangi yetakchilarini maydonga tushirsa, Alonso jamoasi raqibning eng zaif nuqtasini aniqlab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alonso “El Klasiko” oldidan “Barsa”ning zaif nuqtasini topdi...mi?