date

Igor Sergeev penalti tepish sirini va g‘alaba hissini ochdi

Igor Sergeev penalti tepish sirini va g‘alaba hissini ochdi

"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev "Qizilqum"ga qarshi 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv oson o‘tmagan, ammo natija barchasini qoplagan.

«Bellashuvning dastlabki daqiqalari bir oz og‘ir kechdi. Harakatlarimiz sekin bo‘ldi, ammo Xudoga shukr, qisqa vaqt ichida ikkita to‘p urdik — biri penaltidan, biri standart vaziyatdan. Shu bilan o‘yin ancha yengillashdi. Biroq, ochig‘ini aytsam, bugungi o‘yinni oson deb bo‘lmaydi», — dedi hujumchi.

Ikkinchi bo‘lim haqida gapirar ekan, Sergeev o‘yin ritmining bir necha bor buzilganini ta’kidladi:

«Qizil kartochka, VAR tekshiruvi, jarohatlar... hammasi o‘yin sur’atini sekinlatdi. Lekin asosiysi — g‘alaba. Natija bor, demak, harakatimiz zoye ketmadi».

Penalti mavzusida esa u shunday dedi:

«Menda penalti tepishning aniq bir uslubi bor. Har bir futbolchi o‘z uslubiga ishonishi kerak. Agar o‘zingga ishonching bo‘lmasa — tepma. Xavotir bo‘lsa ham — tepma. Ammo ishonch bormi — u holda bor, tep va gol ur».

Sergeevdan terma jamoada penalti ijrochisi bo‘lish ehtimoli haqida ham so‘rashdi:

«Eslashimcha, maydonda bo‘lganimda faqat bir marta penalti belgilangan, u paytda Shomurodov tepgan. U sardor va agar “o‘zimga ishonaman” desa, men unga faqat yordam beraman. Agar murabbiy aytsa yoki ishonch bildirsa, bu vazifani bajarishga tayyorman. Lekin bu jamoaviy ish, bu yerda tortishuv bo‘lmasligi kerak».

32 yoshli hujumchi hozirgi paytda 18 ta gol bilan Superliga to‘purarlari ro‘yxatida peshqadam bo‘lib turibdi. Uning o‘yini “Paxtakor” uchun muhim g‘alabalarni ta’minlamoqda va jamoani chempionlik sari yetaklayotgani aniq.

Sergeevning so‘zlari orqali yaqqol ko‘rinib turibdiki — u nafaqat maydonda, balki so‘zda ham yetakchi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Sergeev penalti tepish sirini va g‘alaba hissini ochdi