date

Lamin Yamal "El-Klasiko"da eng yomon futbolchi bo‘ldi

Lamin Yamal "El-Klasiko"da eng yomon futbolchi bo‘ldi

Ispaniya chempionati 10-turining markaziy uchrashuvida Madridning "Real" jamoasi o‘z uy maydoni "Santyago Bernabeu" stadionida Kataloniyaning "Barselona" klubini qabul qildi. Ushbu bahsda "qaymoqranglilar" 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Marca gazetasi jurnalistlari "El-Klasiko" ishtirokchilarining o‘yinini baholadi. "Barselona"ning 18 yoshli yulduz qanot hujumchisi Lamin Yamal uchrashuvning eng yomon futbolchisi deb topildi va atigi to‘rt ballga loyiq ko‘rildi.

O‘yinning eng yaxshi futbolchisi esa ingliz yarim himoyachisi Jud Bellingem bo‘ldi, u 9 ball olgan.

O‘n turdan so‘ng "Real" 27 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Barselona" esa 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal "El-Klasiko"da eng yomon futbolchi bo‘ldi