O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmi oshdi

2026 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 57,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 7,9 foizga oshgan.
Hududlar kesimida eng yuqori natija Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda besh oyda 10,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 7,9 trln so‘m, Samarqand viloyati 7,7 trln so‘m natija bilan qayd etildi.
Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ishlab chiqarish hajmi 4,5 trln so‘mdan bo‘lgan. Buxoroda 3,7 trln so‘m, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 3,5 trln so‘mdan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 2,5 trln so‘mni, Navoiy viloyatida 2,4 trln so‘mni tashkil etgan.
Xorazmda 1,8 trln so‘m, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida 1,7 trln so‘mdan, Jizzax viloyatida esa 1,6 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.



























Izohlar 0
…