
"Liverpul" soʻnggi yetti oʻyindan oltitasida magʻlubiyatga uchradi. Jamoa bosh murabbiyi Arne Slot matbuot anjumanida himoyaga koʻproq eʼtibor qaratish masalasi boʻyicha savolga javob berdi.
"Bu mening qarashlarimga zid keladi, biroq men prinsiplarimga qarshi oʻyinlarda ham gʻalaba qozonganman. Masalan, "Manchester Siti"ga qarshi safardagi oʻyinda biz ikkinchi boʻlimda aynan shunday oʻynashga majbur boʻlganmiz.
Men maʼlum sharoitlarda moslashishga tayyorman, lekin biz ochiq uslubda oʻynayotganimiz sababli gol oʻtkazib yuboryapmiz, deb oʻylamayman. Har bir oʻyinda – ehtimol, "Kristal Pelas" va "Brentford"ga qarshi oʻyinlardan tashqari – biz koʻproq natijaga loyiq edik.
Oʻyin uslubimizni toʻliq oʻzgartirishga asos koʻrmayapman, lekin bunday gollarni oʻtkazmaslik uchun, albatta, yaxshiroq oʻynashimiz kerak", – dedi Slot matbuot anjumanida. Shanba kuni "Liverpul" Angliya chempionati doirasida "Aston Villa"ga qarshi uy uchrashuvini oʻtkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 