
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) Qatarda o‘tadigan 2025-yilgi U-17 yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun jamoa tarkibini rasman e’lon qildi. Yakuniy ro‘yxatda 21 nafar futbolchi o‘rin oldi: Ibrohim Shokirov, Nematullo Rustamjonov, Bahodir Izboskanov, Qahramon Turg‘unov, Muhammad Hakimov, Muminxon Bahodirxonov, Amirxon Muradov, Miraziz Abdukarimov, Sadriddin G‘asanov, Abdusamad Saidov, Nurbek Sarsenbayev, Muhammad Habibullayev, Sayfiddin Sodiqov, Abdulmalik Anvarov, Behruz Saidmurodov, Muhammadali Musaxonov, Azizbek Abdumuminov, Jamshidbek Rustamov, Abubakar Shukurullayev, Azizbek Erimbetov va Asilbek Aliev.
Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati 3-noyabrdan 27-noyabrgacha Qatarda o‘tkaziladi. O‘zbekiston jamoasi J guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, unda Paragvay, Panama va Irlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston U-17 jamoasi JCh-2025 tarkibini e’lon qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing