David Alaba yozda «Real»ni erkin agent sifatida tark etadi

David Alaba yozda «Real»ni erkin agent sifatida tark etadi

Madridning mashhur «Real» klubi kelayotgan yozda avstriyalik himoyachi David Alaba bilan yo‘llarini ajratadi, deb xabar berdi Tribal Football. Tomonlar yangi shartnoma tuzmaslikka qaror qilgan.

33 yoshli futbolchi va «qirollik» jamoasi o‘rtasidagi amaldagi kelishuv joriy mavsum yakunlanishi bilan tugaydi. Shu sabab, Alaba klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Joriy mavsumda Ispaniya chempionatida u bor-yo‘g‘i uchta o‘yinda maydonga tushgan. Hozirda himoyachi jarohatidan tiklanish bilan band.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar