date

Futboldan to taxtgacha: Bekxem qirol qo‘lidan ritsarlik unvonini oldi

Futboldan to taxtgacha: Bekxem qirol qo‘lidan ritsarlik unvonini oldi

Angliya futboli tarixidagi eng yorqin shaxslardan biri Devid Bekxem endi rasman ritsarlik unvoniga sazovor bo‘ldi. BBC xabariga ko‘ra, 50 yoshli sobiq jamoa sardori 4 noyabr kuni Berkshirda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda qirol Charlz III tomonidan taqdirlangan.

Bu unvon Bekxemning nafaqat futboldagi, balki Britaniya jamiyati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun berilgan. Qirol unvonni shaxsan topshirgan va bu lahza mamlakat tarixidagi sport arboblari uchun yangi sahifa sifatida qayd etilgan.

“Men nihoyatda faxrlanaman. Har doim vatanimni sevaman, monarxiya esa oilam uchun juda muhim bo‘lgan. Men dunyo bo‘ylab sayohat qildim va har joyda odamlar men bilan aynan monarxiya haqida gaplashishni istashadi — bu men uchun faxr”, — dedi Bekxem marosimdan so‘ng.

Bekxem 2013 yilda futboldan ketganiga qaramasdan, uning nomi sport dunyosida hanuz yuqori o‘rinda. U “Manchester Yunayted”, “Real Madrid”, PSJ, “Milan” va “Los-Anjeles Geleksi” klublarida o‘ynab, Angliya, Ispaniya va Fransiya chempionliklarini qo‘lga kiritgan.

Hozirda Bekxem Lionel Messi to‘p surib kelayotgan “Inter Mayami” klubining egasi hisoblanadi.

Shu tariqa, dunyo futbolida uslub va e’tibor timsoliga aylangan Devid Bekxem endi rasman “Ser Devid” maqomiga ega bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futboldan to taxtgacha: Bekxem qirol qo‘lidan ritsarlik unvonini oldi