
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi a'zosi Abbosbek Fayzullayev jarohatdan so‘ng sport formasini tiklash jarayonini boshladi. Futbolchi individual tiklanish mashg‘ulotlariga kirishgan.
Ma'lum qilinishicha, Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston va Quvayt terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan. Hozirda u "Istanbul Bashakshehir" klubi shifokorlari nazorati ostida tiklanish mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda va yaqin kunlarda asosiy jamoa mashg‘ulotlariga qaytishi kutilmoqda.
Jarohat sababli Abbosbek Fayzullayev milliy terma jamoa va klubidagi muhim o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing