
Kamerun Sport va jismoniy tarbiya vazirligining bosh inspektori Mishel Dissake Mbara Rossiya milliy terma jamoasiga qarshi ehtimoliy uchrashuv haqida fikr bildirdi. "Rossiya bilan o‘yin o‘tkazishga tayyormiz.
Agar shunday qaror qabul qilinsa, biz o‘ynaymiz. Nega yo‘q?
Kamerunga taklif qilamiz, bu hech qanday muammo emas. Bizda bunday o‘yinlar uchun mos keladigan ajoyib infratuzilma mavjud", – dedi Mishel "Sport-Ekspress" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning kuzida Rossiya va Kamerun terma jamoalari Moskva shahrida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan edi. Valeriy Karpin shogirdlari o‘sha o‘yinda 1:0 hisobida minimal g‘alabani qo‘lga kiritishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing