date

Al Jazeera: O‘zbekiston U-17 jahon chempionatida syurpriz yaratishi mumkin

Al Jazeera: O‘zbekiston U-17 jahon chempionatida syurpriz yaratishi mumkin

Qatarda 17 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Dunyoning eng nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri — Al Jazeera bu yilgi musobaqa haqida qiziqarli tahliliy maqola e’lon qilib, unda ishtirokchi jamoalar, turnirning tuzilishi va chempionlikka da’vogarlar haqida ma’lumot berdi. E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ham alohida tilga olindi.

Nashrning ta’kidlashicha, bu yilgi mundial ishtirokchilari orasida kutilmagan natijalar ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jamoalar sifatida aynan Osiyo vakillari — O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni ko‘rsatilgan.

Braziliya terma jamoasi esa an’anaviy ravishda asosiy favoritlardan biri hisoblanadi. Janubiy Amerika chempioni bugunga qadar U-17 jahon chempionatida to‘rt bor g‘olib chiqqan va Qatarda beshinchi bor kubokni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Nigeriya jamoasining bu safargi mundialga chiqolmagani braziliyaliklarning g‘alaba ehtimolini yanada oshirgan.

Shuningdek, Portugaliya va Fransiya jamoalari ham asosiy da’vogarlar qatorida tilga olingan. Portugallar iyun oyida Yevropa chempionatida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Fransiya termasi ko‘p yillardan beri yoshlar musobaqalarida barqaror natija qayd etib kelmoqda.

Germaniya termasi 2023 yildagi musobaqada chempion bo‘lgan bo‘lsa-da, Yevropa chempionatida guruh bosqichidan chiqa olmagani sababli, bu safar ulardan yuqori natija kutilmayapti.

Yana bir tajribali va ikki marta Jahon chempioni bo‘lgan Meksika ham bu yilgi turnirda yetakchilardan biri bo‘lib qolmoqda — bu ularning ketma-ket sakkizinchi ishtirokidir.

Agar favoritlar orasida Braziliya, Portugaliya yoki Fransiya kabi jamoalardan biri g‘alaba qozonishi kutilsa, mutaxassislar fikricha, O‘zbekiston termasi yoshlar orasidagi tajribasi, texnik o‘yini va jamoaviy intizomi bilan barchaga syurpriz bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Al Jazeera: O‘zbekiston U-17 jahon chempionatida syurpriz yaratishi mumkin