Himolay sirlari: Everest cho‘qqisidagi dengiz qoldiqlari nimadan darak beradi?

Everest bugun Yer yuzidagi eng baland cho‘qqi sifatida taniladi. Ammo uning yuqori qatlamlarida topilgan ohaktoshlar va qadimgi dengiz jonzotlari qoldiqlari bu hudud bir vaqtlar okean tubida bo‘lganini anglatadi.
Olimlar buni Himolay tog‘larining paydo bo‘lishi bilan izohlaydi. Taxminan 50 million yil avval Hindiston plitasi shimolga siljib, Osiyo plitasi bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv juda kuchli bosim hosil qilgan. Natijada Tetis okeani tubida to‘plangan cho‘kindi jinslar va ohaktoshlar asta-sekin yuqoriga ko‘tarilgan. Keyinchalik aynan shu qatlamlar Himolay tog‘ tizimasining bir qismiga aylangan.
Dengiz jonzotlarining qoldiqlari ham ushbu jinslar ichida saqlanib qolgan. Shu sabab Everest cho‘qqisida topiladigan dengiz izlari tog‘ning qadimiy okean tubidan ko‘tarilganini ko‘rsatuvchi dalillardan biri sanaladi.
Bu jarayon hali ham to‘liq to‘xtagani yo‘q. Himolay tog‘lari tektonik harakatlar sabab juda sekin bo‘lsa-da, ko‘tarilishda davom etmoqda.































Izohlar 0
…