Italiyada talabalar ulkan qog‘oz samolyotini uchirib barchani hayron qoldirdi!

Italiyada talabalar g‘ayrioddiy loyiha bilan rekord o‘rnatdi. Ular dunyodagi eng katta qog‘oz samolyotni yasab, uni havoga ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.
Samolyotga Icarus nomi berilgan. Bu nom qadimgi yunon mifologiyasidagi Ikar obrazi bilan bog‘liq.
Ulkan qog‘oz samolyotning qanot yoyimi qariyb 20 metrga yetgan. Og‘irligi 28,5 kilogramm bo‘lgani uchun uni tayyorlashda oddiy qog‘oz samolyotdan farqli ravishda ichki karkas ishlatilgan.
Shu bilan birga, Icarus oddiy qog‘oz samolyotchalar kabi uchish tamoyiliga asoslangan. Muhandislik yechimi uning havoda barqaror harakatlanishiga yordam bergan.
Parvoz Bolonya shahridagi “We Make Future” texnologiya festivalida amalga oshirildi. Sinov davomida samolyot 59 metr masofaga uchdi.
Natija rasmiy rekord sifatida qayd etilib, Icarus Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin oldi.































Izohlar 0
…