Rossiya hujumi oqibatida Sumida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Rossiya hujumi oqibatida Sumida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Sumi shahrida 11 iyul kuni portlashlar sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya hujumi oqibatida kamida 5 kishi vafot etgan, 10 nafardan ziyod odam turli darajada jarohat olgan.

Hujum vaqti qahvaxonalardan birining xavfsizlik kamerasiga yozilib qolgan. Videoda portlash lahzasi, odamlarning qochishga urinayotgani va atrofdagi vaziyat aks etgan.

Voqeadan so‘ng qutqaruv xizmatlari hududda ish boshlagan. Jabrlanganlar shifokorlar nazoratiga olingan. Ayrim binolar va obyektlarga zarar yetgani taxmin qilinmoqda.

Hozircha hujum oqibatlari bo‘yicha ma’lumotlar yangilanmoqda. Qurbonlar va jarohatlanganlar soni o‘zgarishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar