
Sobiq mashhur futbolchi Tyerri Anri "Barselona" jamoasining himoyadagi taktikasi haqida fikr bildirdi. Chorshanba kuni "koʻk-anorranglilar" Chempionlar ligasi toʻrtinchi turida Belgiya klubi "Bryugge" bilan durang oʻynadi (3:3).
Anrining fikriga koʻra, Kataloniya klubi himoya chizigʻini juda yuqori koʻtarib oʻynashi jamoaga zarar keltirmoqda. "Ular doim raqib futbolchilariga darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketishga imkon berishmoqda.
Kechikib hujumga qoʻshilish holatlari – bu har safar xavf tugʻdiradi. Oʻzingizni bunday muammoli vaziyatga qoʻyishning nima keragi bor?" – deydi Anri CBS Sportsga bergan intervyusida.
La Liga turnir jadvalida "Barselona" 25 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Chempionlar ligasida esa Xans-Diter Flik boshqarayotgan jamoa 7 ochko bilan 11-oʻrinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar