00:15 / 10.01.2017
7 289

Krishtianu Ronaldu FIFA ta’sis etgan The Best sovrinining birinchi egasi bo‘lib tarixga kirdi

Krishtianu Ronaldu FIFA ta’sis etgan The Best sovrinining birinchi egasi bo‘lib tarixga kirdi

FIFA talqiniga ko‘ra Krishtianu Ronaldu 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va yangi ta’sis etilgan The Best sovrini bilan taqdirdandi.

Bunga qadar Xalqaro futbol uyushmasi France Football bilan hamkorlikda «Oltin to‘p» egasini aniqlab kelardi. 2016 yilgi mavsumga kelib esa Fransiya agentligi alohida ajralib chiqdi, FIFA esa o‘z sovriniga asos soldi.

2016 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun uch nomzod ajratib olingandi: Portugaliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi a’zosi Krishtianu Ronaldu, Argentina termasi va «Barselona» hujumchisi Lionel Messi hamda Fransiya termasi va «Atletiko» forvardi Antuan Grizmann.

FIFA eng yaxshi futbolchini aniqlashda 4 tomonlik yondoshuvga e’tibor qaratdi: tashkilot tasnifiga kiruvchi milliy terma jamoa murabbiylari va sardorlari, sport jurnalistlari hamda muxlislar ovozi. Bunda har bir guruhning ovozi teng huquqli bo‘lib, 25 foizdan ochko ulashishi mumkin edi.

Yakunda Krishtianu Ronaldu 2016 yilning FIFA talqiniga ko‘ra eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U avvalroq France Football tomonidan «Oltin to‘p»ni ham qabul qilib olgandi. Shveysariyaning Syurixida esa The Best sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, 2016 yilgi mavsumda Krishtianu Ronaldu Evropa chempionlar ligasi, Evropa chempionati, Evropa superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdi. Bu esa portugaliyalik futbolchiga asosiy raqobatchisi Lionel Messidan o‘zib ketish imkonini berdi.

Avvalroq «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messining taqdirlash marosimiga tashrif buyurmagani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu FIFA ta’sis etgan The Best sovrinining birinchi egasi bo‘lib tarixga kirdi