date

Afsonaviy murabbiy o‘zbek futbolchilarini kuzatdi


Avval xabar berganimizdek, 8-noyabr kuni O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Irlandiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichi doirasida Qatarda bo‘lib o‘tdi.

Afsuski, o‘zbekistonlik futbolchilar 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Garchi mag‘lubiyat qayd etilgan bo‘lsa-da, ko‘plab futbolchilar o‘z o‘yin darajalarini yuqori saviyada namoyish etishdi.

Diqqatga sazovor tomoni, o‘yinni stadiondan afsonaviy murabbiy Arsen Venger kuzatib bordi. Fransiyalik mutaxassis ayni paytda FIFA tizimida faoliyat olib bormoqda.

Futbol muxlislari uni Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi sifatida yaxshi biladi. U Angliya chempionatida mag‘lubiyatsiz mavsumni yakunlagan murabbiy sifatida tarixga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik futbolchilar guruh bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvni Panamaga qarshi o‘tkazadi. G‘alaba qozonilsa, O‘zbekiston jamoasi turnirning pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Afsonaviy murabbiy o‘zbek futbolchilarini kuzatdi