
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman "AZ Alkmaar" futbolchisi Kes Smitni "Barselona" yulduzi Pedri bilan taqqosladi. 19 yoshli yarim himoyachi "AZ Alkmaar" klubi va Niderlandiya yoshlar terma jamoasi safida toʻp tepadi.
Koʻplab mish-mishlarga koʻra, unga yevropaning mashhur klublari qiziqish bildirmoqda. "Bunday soʻzlarni aytishda ehtiyotkor boʻlishim kerak, ammo men "Barselona"da Pedrini murabbiylik qilganman va Smitni koʻplab jihatlar bilan unga oʻxshash deb bilaman.
Yoʻnalishni oʻzgartirish, ikki oyogʻida ham oʻynay olish va oʻyinni koʻra bilish qobiliyati – ularning oʻxshash tomonlari. Agar Kes Pedrining yutuqlarining hech boʻlmaganda yarmiga erisha olsa, barchamiz xursand boʻlamiz", – deydi Kuman.
Eslatib oʻtamiz, niderlandiyalik mutaxassis 2020–2021 yillarda "Barselona" klubini boshqargan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar