date

Argentina va Fransiya o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

Argentina va Fransiya o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin
Fransiya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Argentina terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin. Fransiya Futbol Federatsiyasi jahon chempionatidan oldin jamoa uchun munosib raqib qidirayotgan bo‘lib, amaldagi chempionlar – Argentina, "uchranglilar" uchun ideal raqib sifatida ko‘rilmoqda, deb xabar bermoqda AlbicelesteTalk.

Agar barcha shartlar kelishib olinsa, o‘yin mart oyida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, Fransiya va Argentina terma jamoalari 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan oxirgi jahon chempionati finalida o‘zaro kuch sinashgan edi.

O‘sha bahs asosiy vaqtda hamda qo‘shimcha bo‘limlarda 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlangan, penaltilar seriyasida esa argentinaliklar g‘alaba qozonishgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina va Fransiya o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin