5 582
Hali FIFA prezidentligiga qayta saylanmagan Blatter 2018 yilgi JCh vaqtida FIFAda qolishini ishonch bilan gapirdi
FIFA prezidenti Yozef Blatter 2018 yilgi jahon chempionati bahslarini Rossiyada o‘tkazilishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz.
«Rossiyaning JCh uchun olib borayotgan tayyorgarligini ko‘rib faxrlandim. Bu mamlakat prezidenti Vladimir Putinning tashabbuslari bilan bog‘liq. Va albatta sport vaziri Mutko va Sorokinda tayyorgarlik bo‘yicha ajoyib jamoa ish olib bormoqda».
«Men 40 yildan buyon FIFAdaman. Bu men uchun o‘ninchi JCh bo‘ladi va aytishim mumkinki, u juda ajoyib tarzda o‘tadi. Men ishlayotgan ajoyib ishchi guruhini ko‘rib buni oldindan his qilmoqdaman», deydi Blatter.
«Kimlardir Rossiyadan jahon chempionatini tortib olishni so‘rab ko‘p harakat qilishdi. Ularga bitta javobimiz bor: biz hech qanday siyosat bilan shug‘ullanmaymiz, faqat futbol bilan mashg‘ul bo‘lamiz. Asosiysi ushbu musobaqani o‘tkazish Rossiya xalqiga kerak ekanidir. Ular ushbu musobaqani o‘zlarida qabul qilishni judayam istashmoqda, buni shaxsan o‘zim his qilmoqdaman».
«Rossiya eng yaxshi jahon chempionatini o‘tkazishi uchun hech narsa xalaqit bermaydi. Tayyorgarlik reja asosida davom etmoqda. Iqtisodiy vaziyat judayam yaxshi holatda emas, ammo bu yaxshilanishini men yaxshi bilaman», deya Blatterning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS axborot agentligi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi