Shaxram G‘iyosov: «Shavkat Mirziyoyev bizga har dam qo‘ng‘iroq qilib turgandilar…»


Rio-2016 Olimpiadasining kumush medal soxibi Shaxram G‘iyosov upl.uz internet sayti muxbiriga Shavkat Mirziyoyev haqidagi fikrlarini shunday bayon qildi:
Jurnalist: Shavkat Mirziyoyev prezidentlik davridagi o‘zgarishlar haqida qanday fikrdasiz?
Shahram G‘iyosov: Men Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘lganlaridan behad xursandman. Biz ularni anchadan beri bilamiz. Biz sport karyeramiz davomida u kishi bilan ko‘p bora uchrashganmiz. Rio-2016 olimpiadasiga ketishdan avval ham, ular bizning har birimizga omad tilab qolgan edilar. Rio-de-jeneyroda har bir jangdan so‘ng bizga Shavkat Mirziyoyev qo‘ng‘iroq qilib, qutlab turdilar. Biz sportchilar ularni yaxshi ko‘ramiz va doim qo‘llab quvvatlaymiz.































Izohlar 0
…